» » » 2022 yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha MA’LUMOT

2022 yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha MA’LUMOT

06 апрель 2022, Среда
93
0

       O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga muvofiq Bosh boshqarmasining tegishli buyruqlari asosida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha boshqarmada, shahar va tumanlarda mas’ul xodimlar tayinlangan. 


             Bosh boshqarmaga (shahar va tumanlar bo‘limlari bilan birgalikda) 2022-yil yanvar-mart oylarida jami 32 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan jismoniy shaxslardan 26 ta, yuridik shaxslardan 6 tani tashkil etdi, murojaatlarning 18 tasi elektron va 4 tasi og‘zaki, 10 tasi og’zaki murojaatlardir. Ushbu murojaatlarning 32 tasi ariza va shikoyatlardir. Tushgan murojaatlarning mazmun jihatidan eng ko‘p uy-joy ajratish va uy-joy uchun subsidiya olish, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritish bilan bog‘liq masalalar, tadbirkorlikni qullab quvvatlash, moddiy yordam olish, ish bilan ta’minlash bo‘yicha, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholini qo‘llab quvvatlash, un fondi ajratish masalalari bo‘yicha masalalarni tashkil qildi.

        Bosh boshqarmada 2022-yil yanvar-mart oylarida Bosh boshqarmada, boshqarmaning hududiy bo‘limlaridan Navoiy shahri, Qiziltepa tumani, Karmana tumani, Navbahor tumani, Nurota tumani, Konimex tumani, Xatirchi tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tib, 32 ta fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilingan hamda tushuntirishlar berilgan.

2022-yil yanvar-mart oylarida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 20 tasi (62,5 foiz) qanoatlantirildi, 11 tasi (34,4 foiz) bo‘yicha tushuntirishlar berildi, 1 tasini ko‘rib chiqish (3,1 foiz) rad etildi.

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси