» » » Navoiy viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

Navoiy viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

18 март 2022, Пятница
47
0
Navoiy viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest
Batafsil ma'lumotlar uchun: +998 97 322 77 79 (Navoiy viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi)

330 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

224 ming 333 ta xonadonlarning 221 ming 263 tasi (97,2 foizi) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

14 577 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishda harakat qilayotgan xonadonlar, 7 foiz);

90 841 ta xonadon ikkinchi toifa (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 6 foiz);

14 083 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 41 foiz); 

101 762 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 46 foiz) kiritildi.

Xatlovlar natijalariga ko‘ra: 

“Onlayn-mahalla” platformasiga 193 ming 370 ta xonadon (84 foiz) kiritilgan.

Aholi xonadonlaridan 101 ming 231 ta turli muammo va takliflar aniqlangan.

Shuningdek,

  • 48 ming 786 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 16 ming 426 nafar ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 2 ming 647 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
  • 6 ming 758 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
  • 11 ming 130 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 475 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 15 ming 9 nafar nogironligi mavjud xonadon a’zolari aniqlangan.

 

Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

Mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 21 ming 589 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Xususan,

3 ming 26 nafar fuqaro tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;

5 ming 363 nafar fuqaro o‘zinio‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;

2 ming 62 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;

1 ming 107 nafar fuqaro hunarmandchilik uyushmasiga a’zo qilindi;

1 ming 153 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;

47 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga ishga yuborildi (shartnoma asosida);

3 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqasi orqali band qilindi;

1 ming 816 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb qilishdi;

2 ming 198 nafar fuqaro boshqa sohalarda ishga jalb etildi.

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 2 ming 647 nafar fuqarodan 2 ming 257 nafari

  • Bandlik boshqarmasi; 
  • Savdo-sanoat palatasi;
  • Tadbirkorlik asoslari maktabi;
  • Oliy biznes maktabi;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitilmoqda. 

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami 540 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Bugungi kunda 4 ming 442 ta fuqaroga 127,5 mlrd so‘mlik imtyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.

Shundan, 

Tijorat banklari tomonidan 1 ming 442 ta fuqaroga 44,1 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan.

Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 4 ming 890 gektar yer maydonlari 21 764 ta lotlarga ajratilib, “e-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.

Hozir kunda, 

3 ming 79 gektar yer maydoni 14 ming 472 ta lotlarga (66 foiz) ajratilib, auksion savdolariga quyilgan.

2 ming 62 ta lotlarga ajratilgan 416 gektar yer maydonlari (14 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “e-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz mahsulotlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat bo‘yicha jami 81 ming 237 bosh parranda, qo‘y, echki, quyon va asalari uyasi aholi xonadonlariga tarqatildi.

Jumladan,

  • 114 ming bosh parranda tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 70 ming 087 bosh (63 foiz) tarqatilgan;
  • 8 ming 167 bosh quy va echki tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 8 ming 488 bosh (103 foiz) tarqatilgan;
  • 2 ming 683 bosh quyon tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 2 ming 186 bosh (82 foiz) tarqatilgan;
  • 1 ming 330 ta asalari uyasi tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 476 ta (36 foiz) tarqatilgan.

Joriy yilda 4 ming 604 ta kichik biznes sub’ektlarini tashkil etish belgilangan. 

Bugungi kunda: 

  • 614 ta (13 foiz) yangidan kichik biznes va 468 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
  • 1 ming 842 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlandi hamda 320 mln so‘m soliq to‘lovlari kelib tushdi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси