» » » Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

24 февраль 2022, Четверг
61
0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligidan tashqari maqsadlardagi yer uchastkalarini xususiylashtirish va ijaraga berish tartiblari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish yoki yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining qiymati to‘liq va o‘z vaqtida to‘langandan so‘ng Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini beradi.

Yer uchastkasini xususiylashtirishning muhim natijalaridan biri bu yerning bozor qiymatiga ega bo'lgan cheklanmagan mulkka aylanishidir.

Boshqacha qilib aytganda, mulkdor o'z xohishiga ko'ra yer uchastkasiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, uni to'liq yoki qisman uchinchi shaxsga sotadi, meros qilib beradi, boshqa shaxslarga ijaraga beradi, moliyaviy va bank tashkilotlariga garovga qo'yadi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

  • Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish sxemasi
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara, yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sxemasi
  • Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish sxemasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kabag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси