» » » 2021-yil 3-chorakda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

2021-yil 3-chorakda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

30 октябрь 2021, Суббота
35
0
    Respublikada 2021-yil 3-chorakda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 222,2 trln.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizga o‘sgan.
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaliklarining ulushi 70,6 foiz (o‘sish 102%), fermer xo‘jaliklari 26 foiz (107,3%) hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 3,4 foiz (126,4%) ulushga ega.
     Shu bilan birga, yalpi qishloq xo‘jaligi tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 foizni, chorvachilik mahsulotlari 47,1 foizni hamda ovchilik xizmati, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 0,3 foizni tashkil etgan.
    Hisobot davrida dehqonchilik mahsulotlaridan 7 804 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 103,3%), 6 347 ming tonna don mahsulotlari (95,4%), 2 486 ming tonna kartoshka (102,2), 2 071 ming tonna meva (100,9), 1 437 ming tonna poliz (103,8) va 1 314 ming tonna uzum (105,1) yetishtirildi. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlaridan 1 888 ming tonna go‘sht (103,0%), 8 129 ming tonna sut (102,3%), 5 550 mln.dona tuxum (102,2%) va 1 037 ming dona qorako‘l terisi (103,3%) ishlab chiqarildi.
    Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmida Samarqand viloyatining ulushi yuqori bo‘lib, respublika ko‘rsatkichidagi xissasi 12,7 foizni, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari 9,2 - 9,9 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, Surxondaryo viloyati (7,7%), Namangan viloyati (7,3%), Xorazm viloyati (6,5%), Jizzax viloyati (6,4%), Navoiy viloyati (4,9%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,4%) va Sirdaryo viloyatining (3,3%) ulushi boshqa hududlarga nisbatan past ulushga ega.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси