» » » Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan anglashuv memorandumi imzolandi

12 октябрь 2021, Вторник
7
0
   Joriy yilning 7-oktabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘rtasida anglashuv memorandumi loyihasi imzolandi.
   Ushbu memorandum Tadbirkorlikni rivojlantirish agentli direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Axmedov hamda YTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitailar tomonidan imzolandi.
    Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish konsepsiyasi, strategiyasi va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik” loyihasi ishlab chiqilganligi va YTTB tomonidan loyiha doirasida quyidagi takliflar nazarda tutildi:
-  respublikada kichik va o‘rta biznes rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish;
-  kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
-  tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy yo‘nalishlarini aniqlagan holda agentlikning aniq, o‘lchovli, erishish mumkin bo‘lgan, muhim va muddatli maqsadlarini shakllantirish;
-  agentlikning kelgusidagi faoliyati bo‘yicha takliflar berish va uning bajarilishini qo‘llab-quvvatlash.
                 Tomonlar ushbu memorandum kelgusi hamkorlik aloqalarining kengayishida muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.
 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси