» » » Ipoteka bankning 75 foiz ulushi vengriyaliklarga sotiladi - Jamshid Qo‘chqorov

Ipoteka bankning 75 foiz ulushi vengriyaliklarga sotiladi - Jamshid Qo‘chqorov

30 сентябрь 2021, Четверг
16
0

“Bizga 10dan ortiq davlat banklari kerak emas, ularni asta-sekin xususiylashtirishimiz kerak”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.


Toshkentda Xalqaro moliya institutlari vakillari, dunyoning taniqli kompaniya va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda so‘zga chiqqan bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakatdagi xususiylashtirish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.
“Oxirgi 4-5 yilda tashqi qarz miqdori haqiqatan ham oshdi. Ammo 2021 yildagi raqamlarga e'tibor qaratilsa, bu ko‘rsatkich asta-sekin barqarorlashayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan keyingi davrda xususiylashtirish va xususiy investitsiyalarga e'tibor qaratamiz. Yaqin muddatda Navoiy kon metallurgiya kombinatida ham katta xususiylashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, bizga 10dan ortiq davlat banklari kerak emas, ularni asta-sekin xususiylashtirishimiz kerak. Ipoteka bankning 75 foiz ulushi Vengriyaning OTP Bank’iga sotiladi va kun davomida shartnomaning dastlabki bandlarini ham imzolaymiz.
Bundan tashqari, elektr energiya ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan GESlarda ham xususiylashtirish ishlari tezlashtiriladi. 2023 yilga borib, 10ta yirik kompaniya, 2025 yilga borib esa 20ta kompaniyada IPO (ommaviy sotuvga chiqarish) o‘tkazilishi reja qilinmoqda”, – deya Qo‘chqorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Forumning ikkinchi kunida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda. Yopilish marosimida ikki kunlik muhokamalar natijasida xalqaro va milliy ekspertlarning kelgusi iqtisodiy islohotlar bo‘yicha fikrlari umumlashtiriladi.

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси