» » » 21-avgust kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

21-avgust kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

23 август 2021, Понедельник
37
0
Asrlar osha shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.
“Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tashkil etilaigan mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida, yurtimizda 2021 yilning 21 avgust  kuni umumxalq hashari o‘tkazildi.
Hashar tadbirlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan bosh boshqarma hovlisiga yig’ilgan bosh boshqarma xodimlariga tadbir undan ko‘zlangan  maqsad-vazifalar tushuntirilib, ularga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, bosh boshqarma, barcha bo’lim xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
Hashar davomida уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. Shuningdek, bosh boshqarma binosidagi eshik-derazalarni artish kabi bir qator ishlar bajarildi.
Hashar elga yarashar, deydilar. Barchanging yuz-ko‘ziga boqar ekansiz, ularda ulug‘ ayyom arafasidagi ko‘tarinki ruh, bayramona kayfiyat mujassam ekanligini yurakdan his etasiz.            
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir  natijasida, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirildi.
                                                                                     

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси