» » » O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 1 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 1 mlrd dollarga ko‘paydi

11 август 2021, Среда
39
0

 

   O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 avgust holatiga ko‘ra, 35,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan oyning shu davrida zaxiralar 34,1 mlrd dollar edi.

   Markaziy bank iyul oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qoldig‘i 1 mlrd dollardan ziyodga ko‘payib, 35,1 mlrd dollarni tashkil etdi. 1 iyulda zaxiralar 34,1 mlrd dollarni tashkil etgan.
   Bunda oltin miqdori 1,3 mlrd dollarga oshib, 21,5 mlrd dollarga yetgan.
   Zaxiralardagi oltinning sof fizik hajmi 300 ming troya unsiyasiga yoki 9,3 tonnaga ko‘paygan. Avgust oyining boshida O‘zbekiston 11,8 mln troya unsiyasi yoki qariyb 367 tonna oltin zaxiralarini jamlagan.
   Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 iyun holatiga, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35,5 milliard dollarni tashkil etgandi. Bu rasmiy zaxiralarning ilk marta 35 mlrd dollardan oshishi bo‘ldi. Bunga sabab sifatida jahon bozorida oltin narxlarining tiklana boshlashi ko‘rsatilgandi.

Манба

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси