» » » RAQAMLI IQTISODIYOT BO’YICHA XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA

RAQAMLI IQTISODIYOT BO’YICHA XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA

03 декабрь 2020, Четверг
53
0
2020 yilning 24 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli iqtisodiyot: O'zbekistonda rivojlantirish istiqbollari va jahon amaliyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o’tkaziladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular:
1-sho'ba. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv: joriy holati va rivojlanish istiqbollari.
2-sho'ba. Sanoat 4.0 inqilobi sharoitida raqamli biznes strategiyalari va modellari.
3-sho'ba. Biznes va tadbikorlikning raqamli ko'nikmalarini rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning ustuvor yo'nalishlari.
4-sho'ba. Raqamli trasformasiyalashuv sharoitida elektron tijorat va raqamli marketing.
5-sho'ba. Loyiha boshqaruviga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo'llari.
Ilmiy-amaliy konferentsiya tili: o'zbek, ingliz va rus tillari.
Tashkilotchilar: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Hamkorlar: Handong Global University, Gachon University, Solbridge University, European School of Business & Management (ESHMT), Jahon banki, BMTTD va boshqalar.
        Oliy maktab ma'muriyati raqamli iqtisodiyot bo'yicha turli sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va kichik ilmiy xodimlarni anjumanda ishtirok etishga taklif qiladi.
        Tezislarni 2020-yilning 14-dekabrigacha conference@rgsbm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Tel.: (99871) 239-03-05, 239-03-02, 239-03-17.

Манба

Ишонч телефонлари

  • Тел: (0436) 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 0 (436) 223-81-39
  • Факс: 0 (436) 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Ислом Каримов кўчаси 77а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси